Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1744 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/lKH3duxf1Z |
| Сарлавҳа | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi |
| Матн | “Oila va xotin-qizlar qo’mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga ko’ra, Oila va xotin-qizlar qo’mitasining bo’ysunuvi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o’tkazildi.
Qo’mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
▫️Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi lavozimi joriy etildi.
Shuningdek, Qo’mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
▫️Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o’rinbosari – Qoraqalpog’iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi lavozimi;
▫️viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o’rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
▫️tuman (shahar) hokimlarining o’rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo’limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-29 |
| Кўриш | 427 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |