Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1771 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/1SWG3sKFV8 |
| Сарлавҳа | Qonun bilan Saylov kodeksiga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga ko'ra, saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi: |
| Матн | ▫Markaziy saylov komissiyasi; ▫hududiy saylov komissiyalari; ▫tuman va shahar saylov komissiyalari; ▫xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyalari; ▫uchastka saylov komissiyalari.
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan 9 nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi (ilgari 15 nafar edi).
Markaziy saylov komissiyasining 1 nafar a'zosi Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili bo'ladi.
Qonunga ko'ra shuningdek, Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga o'tkaziladi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik o'rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:
aholi soni 2 million nafargacha bo'lgan hududlarda – 30 tadan 40 tagacha;
aholi soni 2 milliondan 3 million nafargacha bo'lgan hududlarda – 40 tadan 50 tagacha;
aholi soni 3 million nafardan ortiq bo'lgan hududlarda – 50 tadan 60 tagacha.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik o'rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:
aholi soni 30 ming nafargacha bo'lgan hududlarda – 10 tadan 15 tagacha;
aholi soni 30 mingdan 100 ming nafargacha bo'lgan hududlarda – 15 tadan 20 tagacha;
aholi soni 100 mingdan 300 ming nafargacha bo'lgan hududlarda – 20 tadan 25 tagacha;
aholi soni 300 ming nafardan ortiq bo'lgan hududlarda – 25 tadan 30 tagacha.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-29 |
| Кўриш | 825 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |