TEMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI ?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1808
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Xy0nOpYgpR
СарлавҳаTEMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI ?
Матн

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021-yildagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartib"ga asosan, har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritilishi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:

 Belgilangan tartibda kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar;

 Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;

 Kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;

 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;

 Ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;

 Mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

 Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar

 Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar “Temir daftar”ga kiritiladi.

 

Yangiariq tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        U.Navruzov

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-29
Кўриш746
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive