Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1812 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/0vp0ialp8M |
| Сарлавҳа | NODAVLAT TA’LIM TAShKILOTLARINING AXBOROT TEHNALOGIYaLARI SOHASIDA O‘QIYoTGAN YoShLARGA XAM TA’LIM KREDITI BERILADI |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan: Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza; kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta); ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlar uchun); bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar. Ta’lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-29 |
| Кўриш | 623 |
| Тил | oz |
| Категория | appeals |
| Статус | Active |