Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1860 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/82dPwgPVXt |
| Сарлавҳа | Taqinchoqlar yasash, gilam, ko'rpa va yostiq tayyorlash: 100 dan ortiq faoliyat bilan o'zini o'zi band qilgan holda shug'ullanish mumkin |
| Матн | Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida o'zini o'zi band qiladigan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga quyidagilar ham kiritilgan: qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to'qish; uy sharoitida loydan tandir tayyorlash; atlas va adras to'qish; mayda munchoq (biser) tikish; do'ppido'zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash; temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash; asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash; quroqchilik usulida ko'ylak, ko'rpa va yopinchiqlar tikish; qo'ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish; pichoq tayyorlash, charxlash va sotish; qog'ozdan qutilar, banderollar tayyorlash; uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish; tayyor mahsulotga etiketka biriktirish; uy sharoitida bolalar o'yinchog'i ishlab chiqarish; uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash; yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash; milliy taqinchoqlar yasash; kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash; dag'al jundan gilam, ko'rpa va yostiq tayyorlash. Matnazarova Salima Safarboy qizi Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-29 |
| Кўриш | 372 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |