Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to’sqinlik qilish uchun qanday javobgarlik bor?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1866
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/0bU7CTc4Rr
СарлавҳаTibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to’sqinlik qilish uchun qanday javobgarlik bor?
Матн

Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o'tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bo'ladi:

 

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mdan 2 mln 310 ming so'mgacha) jarima;

mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga.

Bundan tashqari, qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan turg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan bo'lsa, BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha (660 ming so'mdan 1 mln 320 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Matnazarova Salima Safarboy qizi

Hazorasp tuman adliya bolimi yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-12-29
Кўриш473
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive