Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1884 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/i0HZeADTPu |
| Сарлавҳа | “BIOTEXNOLOGIYALAR KLASTERI” TASHKIL ETILADI |
| Матн | “Farmasevtika tarmog'ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 10.01.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: 2024–2025 yillarda farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha “yo'l xaritasi”; farmasevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yig'ma parametrlari; “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri (Klaster) faoliyatini jadallashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi. Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo'shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi. Qarorga ko'ra, shuningdek: har yili 1 dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmasevtika mahsulotlariga bo'lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi; 2024 yil 1 martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmasevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo'yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo'lgan tizim joriy qilinadi; 2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmasevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o'tkaziladi. 2024 yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta'minlanadi.
RASULBEK IBRAGIMOV Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-01-19 |
| Кўриш | 774 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |