I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili berishi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1891
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/V6GDLc29Gp
СарлавҳаI va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili berishi
Матн

I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga davomiyligi kamida ottiz kalendar kundan iborat yillik mehnat ta'tili beriladi va ular bu ta'tildan yilning o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta'tili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar bo'lgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat ta'tilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanadi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l qoyilmaydi

Xiva tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i    A.Hasanov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-01-22
Кўриш325
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive