Xodimga nisbatan moddiy javobgarlik

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1893
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/NpFcMzrURQ
СарлавҳаXodimga nisbatan moddiy javobgarlik
Матн

Xodim ish beruvchiga to'g'ridan-to'g'ri yetkazilgan haqiqiy zararning ornini qoplashi shart.

Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.

Togridan-togri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bolsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning ornini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va tolovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi

Ushbu holat boyicha xodimni moddiy javobgarlikdan istisno qiluvchi holatlar ham mavjud yani

Zarar uni bartaraf etib bolmaydigan kuch, oqlangan xojalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni taminlash bo'yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi

Oqlangan xo'jalik tavakkalchiligi deganda qo'yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bolmaganda, xodimning oz zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada gamxorlik korsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini korgan holda hamda xojalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sogligidan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bolgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi

 

 

Xiva tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i A.Hasanov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-01-22
Кўриш683
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive