Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1905 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/0GufkjQItE |
| Сарлавҳа | URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “BITIRUVCHILARNING TAYYORGARLIGIGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI |
| Матн | Bugun, 31-yanvar kuni Urganch davlat universitetida boʻlib oʻtgan ushbu ochiq muloqot Axborot xizmati bo‘limi va Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamkorligida tashkil etildi. Uchrashuvda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Q.Yoʻldoshev tomonidan bitiruvchilar qanday kasbiy malakaga ega boʻlishi, xususan, bakalavriatni tamomlagan bitiruvchi oʻzining egallashi mumkin boʻlgan lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib borishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi borasida maʻlumotlar berdi. Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimida olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi. Ochiq muloqotda ishtirokchilar yo'nalishlar kesimida bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari va ishga joylashishda qo'yiladigan malaka talablari haqidagi bilimlarga ham ega bo'ldilar. |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-02-01 |
| Кўриш | 827 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |