Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1927 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/JiNmBrFZYe |
| Сарлавҳа | BOGʻCHALARDAGI OLIY MA’LUMOTLI TARBIYACHILAR OYLIGI OʻQITUVCHILAR OYLIGIGA TENGLASHTIRILADI |
| Матн | “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi Farmonga koʻra, 2023/2024-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich: -maktablarning 1–4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualar joriy etiladi; -baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda oʻquvchining oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil koʻnikmalari baholanadi; -boshlangʻich sinflarda informatika, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari oʻtiladi; -barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi. Bunda 2023/2024-oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi. 2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi. 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
RASULBEK IBRAGIMOV Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-02-12 |
| Кўриш | 143 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |