Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1981 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/HMEFLUvdJk |
| Сарлавҳа | “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-108-son, 01.03.2024 y.) qabul qilindi |
| Матн | Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan: sug'urtaning barcha turlari bo'yicha sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tkazish va sug'urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi; barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini faqat qog'oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi; sug'urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladi hamda sug'urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzish hisoblanadi; Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug'urtalovchilar tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha sug'urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi. Quyidagilarga shartnomalarning o'z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlash majburiyati yuklatiladi: ➖Soliq qo'mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini; ➖Tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini; ➖Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini. Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-05 |
| Кўриш | 166 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |