Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1999 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/7U3o5Gbqx8 |
| Сарлавҳа | Nafaqalarni tayinlash va to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi? |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 1-apreldagi 21-son buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 93-bandiga asosan Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan korxonaning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi korxona rahbarining buyrug‘i yoki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to‘lashni rad etish, nafaqadan (to‘liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to‘g‘ri berilganligini ko‘rib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi. Hazorasp tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-14 |
| Кўриш | 494 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |