Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2062 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/YjjrE7LUKP |
| Сарлавҳа | Pedagog xodimlarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi! |
| Матн | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan. Shunga ko‘ra, pedagoglarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi: jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish; o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish; dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish; ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish; ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish; muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish; ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish. Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-15 |
| Кўриш | 713 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |