Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2067 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/MQuaHyLesV |
| Сарлавҳа | "Yoshlar daftari"ga kimlar kiritiladi? |
| Матн |
"Yoshlar daftari"ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14-30 yoshdagi quyidagi toifadagi:
➖ oila a’zosi "Temir daftar", "Ayollar daftari" yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan; ➖ ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan; ➖ boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan; ➖ o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; ➖ o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqasiz; ➖ I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; ➖ jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan; ➖ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; ➖ yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan; ➖ zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan; ➖ «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; ➖ haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan; ➖ davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar; ➖ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; ➖ muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan; ➖ psixologik maslahatga muhtoj; ➖ nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila; ➖ dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan; ➖ yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-15 |
| Кўриш | 267 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |