Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2121 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/hTHQzBYx6D |
| Сарлавҳа | Pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan xabardormisiz? |
| Матн | Qonunchilikka qo'ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: ➖ I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi; ➖ II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi; ➖ ko'zi ojizlik bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi; ➖I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; ➖ II guruh yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; ➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi; ➖ 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi; ➖vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi. ➖ O'zbekiston oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. ➖ yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; ➖ teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o'quv muassasalarining professor-o'qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro'yxatga ko'ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi. Ma'lumot uchun: hozirda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so'mni tashkil etadi. Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Masharipov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-18 |
| Кўриш | 181 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |