Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2148 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/yOqEeNCb2A |
| Сарлавҳа | UNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o'tkaziladi |
| Матн | "2025-yilda UNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o'tkaziladi. Sessiyaga tayyorgarlik doirasida: Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko'rgazmalar tashkil etiladi; Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markaziga a'zo bo'lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi; O'zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha UNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta'limni targ'ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro'yxatlarga kiritish choralari ko'riladi; Sessiyaning mamlakatimizda o'tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O'zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 467 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |