Yong'inlar profilaktikasi samaradorligi yanada oshiriladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2154
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/9NrRjMHVbe
СарлавҳаYong'inlar profilaktikasi samaradorligi yanada oshiriladi
Матн

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-919-son, 13.04.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

Unga ko'ra, o'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong'in chiqishiga olib kelgan bo'lsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi:

➖fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha);

➖mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming so'mdan 8 mln 500 ming so'mdan).

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar yetishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-19
Кўриш954
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive