Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2172 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/aLbFr4M5P3 |
| Сарлавҳа | #Bilasizmi |
| Матн | Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratilishi belgilangan: oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha; chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do'konlari” qurish va ko'chma muzlatkichlarni o'rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;
bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha; oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta'mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha; “Hunarmand” uyushmasi a'zolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha; charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo'ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 734 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |