Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2181 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/HeKclBEP0Q |
| Сарлавҳа | BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi |
| Матн | “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-114-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta'minlash bo'yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta'minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar: rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma'lumotlari Statistika ma'lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi; BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo'yicha qo'llanmalarni to'liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko'riladi. Bunda: ➖rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi; ➖BMT tomonidan ma'qullangan qo'llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo'llanmasi ishlab chiqiladi; ➖milliy statistika tizimini global baholashdan o'tkazish tashkil etiladi va natijalari e'lon qilinadi. 2025-yil 1-yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi. 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o'rtasida elektron ma'lumotlar almashinuvi yo'lga qo'yiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 799 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |