Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2197 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/MysmzI9SbL |
| Сарлавҳа | “O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi |
| Матн |
“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi. Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi: 2024-yilga mo'ljallangan yo'nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi; 2024-yilda yo'nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro'yxati. Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5 ta yo'nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat: Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish; Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash; Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 127 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |