Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 22 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/NNHnc9gRuE |
| Сарлавҳа | O‘zbekistonda qaysi sohalar xodimlari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l urayotgani ma'lum qilindi |
| Матн | Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxslarning deyarli yarmi – ishsizlar, ta'lim va tibbiyot sohasi xodimlaridir. O‘tgan yili mingdan ortiq kishi pora berish moddasi bo‘yicha sudlangan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 133 nafar shaxs pora olishda ayblangan.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda katta o‘zgarish bo‘lmayapti, dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva kengashning 29 martdagi yig‘ilishida. «Amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay, korrupsiyaga qarshi kurashishda katta o‘zgarish kuzatilmayapti, bunday jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytirishga erisha olmayapmiz», – ta'kidladi Senat raisi.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Senat matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Norboyeva yig‘ilishda 2020 yilgi statistik ma'lumotlarni keltirib o‘tgan. Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda sudlar tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq (Jinoyat kodeksining 205-214-moddalari) 2 270 nafar shaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Eng ko‘p jinoyatlar quyidagilar bo‘lgan:
Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan quyidagi toifa shaxslar tomonidan sodir etilgan:
Bu jinoyatlarning 89,4 foizi quyi bo‘g‘in (tuman (shahar) yoki ularga tenglashtirilgan), 9,2 foizi o‘rta bo‘g‘in (viloyat) yoki ularga tenglashtirilgan), 1,4 foizi yuqori bo‘g‘in (respublika) yoki unga tenglashtirilgan) xodimlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan. Yig‘ilishda «Ijtimoiy fikr» markaziga Aksilkorrupsiya agentligi bilan birgalikda yil yakuniga qadar ushbu masala yuzasidan aholi fikrini o‘rganib, natijasi bo‘yicha ma'lumotni Milliy kengashga kiritish topshirig‘i berildi.
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2021-03-30 |
| Кўриш | 476 |
| Тил | oz |
| Категория | relationship |
| Статус | Active |
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati