Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2209 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/GYkMrulFpm |
| Сарлавҳа | Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qo'llash tartibi yanada takomillashtirildi |
| Матн | Prezident Qarori (PQ-85-son, 24.02.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimchalar kiritildi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/5304247) quyidagilarni nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritildi: Qimmatbaho metallarni kechiktirib to'lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan: 30 kun ichida amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – foiz hisoblamaslik; 31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi. Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qaroriga (https://lex.uz/en/docs/6346726) quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi: Qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo'llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qo'yiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi: yaratilgan ish o'rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish; yaratilgan ish o'rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi; tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo'lishi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 733 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |