Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo'llanilmaydi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2211
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/uRz7F3QlhS
СарлавҳаFiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo'llanilmaydi
Матн

“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-39-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o'rnatildi:

huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi;

huquqbuzarlik moliyaviy jarima qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi.

Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo'llanilgan moliyaviy jarimalar bo'yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bog'liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Soliq kodeksiga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli o'zgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va ma'muriy jazo choralari qo'llanilmaydi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-19
Кўриш331
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive