“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2231
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/TFR2uUevdM
Сарлавҳа“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi
Матн

Qarorga ko'ra, 2024-yilgi Navro'z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” degan bosh g'oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko'tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.

 Navro'z umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi, jumladan:

Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga;

bu yilgi Navro'z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishga;

“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro'z bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o'tkazishga.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-19
Кўриш346
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive