Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2297 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/pJIeXjApVr |
| Сарлавҳа | Mahalladagi yoshlar yetakchisiga qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi |
| Матн | “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi Qarorga koʻra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi: mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish; mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish; mahallada futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish; mahalla yoshlarining futbol bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish boʻyicha sport-taʼlim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish; mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yoʻnaltirib borish; mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va mahalla terma jamoalariga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish. Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-23 |
| Кўриш | 469 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |