Chet davlatda yashaydigan O'zbekiston fuqarosi bilan ajrashish tartibi qanday?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2302
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/p5I0eLAUQJ
СарлавҳаChet davlatda yashaydigan O'zbekiston fuqarosi bilan ajrashish tartibi qanday?
Матн

 Nikohdan ajratishga doir ishlar bo‘yicha qonuniy va asosli hal qiluv qarori qabul qilinishi uchun sud ishning haqiqiy holatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona tekshirib chiqishi, jumladan, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatini, nikohdan ajratish masalasi qo‘yilishiga asos bo‘lgan sabablar, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini aniqlashi shart. Shu maqsadlarda, sud ishni ikkala taraf ishtirokida ko‘rishi lozim.
 
 Er-xotindan biri doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketgan va uning sud majlisiga kelish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq taraflarni xabardor qilish choralarini ko‘radi.
 
 Da’vogar va javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelmaslik sabablari uzrli yoki uzrsizligidan qat’iy nazar, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldiradi. Da’vogar va javobgar sud majlisiga ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, sud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli.

 Asos: "Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo'yicha qonunchilikni qo'llash amaliyoti to'g'risida"gi Oliy Sud Plenumi qarori 

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi 
bosh yuriskonsulti A.Abdusheripov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-23
Кўриш232
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive