Ishchi-xodimning to‘lanmagan oylik ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2309
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/HpvIkJnOn0
СарлавҳаIshchi-xodimning to‘lanmagan oylik ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Матн

Tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro X.Qning tuman Axborot-kutubxona markazidan ustama pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganishda, markaz tomonidan fuqaro X.Qga 2019-yildan o‘rganish kuniga qadar jami 43 422 531 so‘m miqdoridagi ish haqi (ustama pullari) to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan, tuman Axborot kutubxona markaziga fuqaro X.Qga to‘lanmasdan turgan 43 422 531 so‘mlik ish haqini to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroga to‘lanmasdan turgan ish haqi (ustama pullari) to‘lab berildi.

 

Gurlan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Raximov Nuriddin Muxiddinovich

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-25
Кўриш415
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive