“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo'shilgan qiymat solig'i qaytarib beriladigan tovarlar ro'yxati kengaytirildi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2350
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/AaSDPpunmd
Сарлавҳа“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo'shilgan qiymat solig'i qaytarib beriladigan tovarlar ro'yxati kengaytirildi
Матн

Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

 

Shunga ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro'yxatiga quyidagilar kiritildi:

 

▪un;

▪shakar;

▪dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

 

Bunda qo'shilgan qiymat solig'i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

 

 Shuningdek, “Savdo va xizmat ko'rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:

 

Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

 

Ilgari ma'lum bir qiymat belgilanmagan edi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-25
Кўриш273
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive