Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2357
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/v4WnzZHvi4
СарлавҳаTadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
Матн

“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma'lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o'zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma'lumotlar bekor qilinadi.

 

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma'lumotlarning yagona ro'yxati tasdiqlandi.

 

Qarorga ko'ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

 

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

 

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 

▫2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;

▫2027-yil 1-yanvardan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;

▫2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy. 

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-25
Кўриш954
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive