“Jinoyat omillari” moduli yaratiladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2372
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Em2mvTjMLH
Сарлавҳа“Jinoyat omillari” moduli yaratiladi
Матн

“Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 15.01.2024 y.) qabul qilindi

 

Quyidagilar respublikamizda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi, xususan:

 

jinoyatchilik, shu jumladan latent jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

 

jinoyatning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari tizimini belgilash, kriminologik faoliyatga sun'iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etib borish.

 

Institut kriminologiya sohasi bo'yicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy ta'minlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi.

 

Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sosiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari bo'yicha ilmiy darajaga ega bo'lgan kadrlar bilan jamlanadi.

 

 Institutga ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega mutaxassislarni 1 yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori kon'yunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq to'lash miqdorini belgilash huquqi beriladi.

 

2024-yil 1-iyulgacha ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-25
Кўриш122
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive