Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2391 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/OsgZrkFB7J |
| Сарлавҳа | Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi |
| Матн | Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra:
Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo'q qilish, o'zgartirish, egallab olish yoki to'sib qo'yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o'tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:
▫BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima; ▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫1 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug'ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:
▫BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima; ▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫1 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Shuningdek, yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-25 |
| Кўриш | 655 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |