Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2394 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/75JJQcfQ7T |
| Сарлавҳа | Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi kerak |
| Матн | Qonunga ko'ra, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;
o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;
yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;
mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;
ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-25 |
| Кўриш | 196 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |