Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2408
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/fHW3niNxy1
СарлавҳаYuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi
Матн

Qarorga ko'ra, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar uchun quyidagi rag'batlantirish choralari joriy etiladi:

 

“AAA” toifadagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi, (jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno) shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlarga QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi; 

 

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari bo'yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to'lov bir yo'la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo'lib-bo'lib to'lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi;

 

“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:

 

➖soliqlar bo'yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to'lov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi;

 

➖tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda to'lanadigan QQS summalarini o'zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

 

2024-yil 1-apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-25
Кўриш915
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive