Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2414 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/WcyfC2BFNt |
| Сарлавҳа | Yuk va yo'lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo'l varaqalari elektron yuritiladi |
| Матн | “Yuk va yo'lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo'l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (44-son, 22.01.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yil 1-oktabrgacha YUk va yo'lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo'l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Bu davrda:
➖elektron yo'l varaqalari Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo'l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
➖elektron yo'l varaqalari avtomobilda yuk va yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;
➖yo'l varaqalarining qog'oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko'rinishiga bosqichma-bosqich o'tiladi;
➖elektron yo'l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo'nalishsiz taksi sifatida yo'lovchilarni tashish bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
➖mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat ko'rsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
➖tizimdan foydalanganlik uchun yig'im undirilmaydi.
Avtomobilda yuk va yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yo'l varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-25 |
| Кўриш | 449 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |