Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2459 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/aENe4EKXg0 |
| Сарлавҳа | Ayrim jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi |
| Матн | Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining: ➖ tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); ➖ xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) beriladi. Shuningdek, jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining: ➖ tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi); ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi); ➖ xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) beriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandi. Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J. Jumaboyev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-27 |
| Кўриш | 944 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |