XORIJDA DAVOLANGANDAGI KASALLIK VARAQASI O‘ZBЕKISTONDA TAN OLINISHI ASOSLARI

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2479
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/1tM0OjqAld
СарлавҳаXORIJDA DAVOLANGANDAGI KASALLIK VARAQASI O‘ZBЕKISTONDA TAN OLINISHI ASOSLARI
Матн

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 25-bandiga Chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.

Mazkur asosga ko‘ra, davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasini yashash joyidagi polikilinikaga taqdim qilinganida mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.

   Shovot tumani YXKM

bosh yuriskonsulti

D.Azamatova

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-28
Кўриш883
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive