Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2580 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/GdwzlYJHtE |
| Сарлавҳа | Yer fondi toifalari |
| Матн | O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar; 6) o‘rmon fondi yerlari — o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar. Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-30 |
| Кўриш | 519 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |