Qonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2608
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/rCPPQPo7Mo
СарлавҳаQonunchilikka ko'ra, ayollarga ayrim jazolarni qo'llash bo'yicha quyidagi cheklovlar mavjud:
Матн

Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi. (https://lex.uz/docs/-111453)

 

 Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

 

 Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

 

 Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-31
Кўриш147
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive