Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 270 |
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/5T6thulTfG |
| Сарлавҳа | АDVOKATLIK GUVOHNOMASINI BERISH TARTIBI TASDIQLANDI |
| Матн |
Joriy yilning 1-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 226-sonli qarori bilan Аdvokatlik guvohnomasini berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro`yxatdan o`tkazilgan joy bo`yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi. Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so`ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi. Аdvokatlik guvohnomasini berish uchun to`lov undirilmaydi. Аriza yuborilgandan so`ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi. Аdvokatlik guvohnomasi tayyor bo`lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi. Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi: 1. talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo`lsa; 2. talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo`lsa.
Аdvokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo`lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi. Аdvokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi ta`minlanadi.
Аdvokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi: - advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o`zgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so`ng; - advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro`yxatdan o`tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda; - advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda; - advokatlik guvohnomasi yo`qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Rasulbek IBRAGIMOV Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi
|
| Surat |  |
| Surat |  |
| Surat |  |
| Surat |  |
| Сана | 2023-06-06 |
| Кўриш | 827 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |
|---|