Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi:

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2702
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Mn73sFL8Aa
СарлавҳаMehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi:
Матн

mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;

sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik.

 

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-31
Кўриш566
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive