Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2757 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/PXKVSPEZax |
| Сарлавҳа | Bilasizmi |
| Матн | “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi: 2024 yilga mо‘ljallangan yо‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi; 2024 yilda yо‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari rо‘yxati. Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yо‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat: Har bir insonga о‘z salohiyatini rо‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish; Barqaror iqtisodiy о‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash; Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-31 |
| Кўриш | 899 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |