Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2800 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/4K3ujPYO9v |
| Сарлавҳа | Xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘laydi. |
| Матн | Mehnat kodeksning 173-moddasidaga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi unga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lagsha majbur:
- Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda. Bunda shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno. - Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda - Xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. - Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda. Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.Azamatova
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-04-29 |
| Кўриш | 226 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |