Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2819 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/UZLJAsurvu |
| Сарлавҳа | AHOLI IPOTEKA KREDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN TA'MINLANADI |
| Матн | “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi: -hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi; -qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; -ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; -ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi; -kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi; -banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.
Rasulbek Ibragimov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-05-06 |
| Кўриш | 556 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |