“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ”

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД282
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/KrvsGeiE0A
Сарлавҳа“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ”
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 1 maydan kuchga kirdi, 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iboratdir.

Yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyadagi  ijtimoiy va siyosiy huquqlarga oid eng muhim 5 ta kafolat: 

  • Fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
  • Har kim agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
  • Saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli.
  • Fuqarolar Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
  • Davlat Internet tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 

Yangibozor tuman adliya

bo'limi boshlig'i v.b

  Bekchanov Doniyor Baxtiyarovich

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-06-06
Кўриш896
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive