O‘qituvchilar alohida e’tirofda

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД290
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Q8q2xLl2R4
СарлавҳаO‘qituvchilar alohida e’tirofda
Матн

Konstitutsiyaga o‘qituvchilar haqida modda qo‘shildi. U ikki banddan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
  • Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo‘lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitutsiyada nomi keltirilgan o‘qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi – huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli jamoat birlashmalari).

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                            O.Rajapov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-06-07
Кўриш129
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive