Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2911 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/iE2RP1XjEt |
| Сарлавҳа | OTMLARGA O'QISHGA QABUL QILISH VA DAVLAT BUYURTMASINI JOYLASHTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI |
| Матн | “Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-81-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yili qabulidan: -davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; -davlat buyurtmasi bo'yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; -davlat OTMlari uchun o'rnatilgan tartib va shartlar bo'yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi OTMlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; -davlat granti kvotalarining OTMlar kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abiturientlarning tanlovi va to'plagan ballariga ko'ra amalga oshiriladi. - 2024/2025-o'quv yilidan har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha OTMning umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta'lim sohalari (bakalavriat ta'lim yo'nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2025-yildan davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.
RASULBEK IBRAGIMOV Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-05-28 |
| Кўриш | 869 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |