Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2916 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/NQNUulU542 |
| Сарлавҳа | Fuqarolar qanday turdagi murojaatlarni amalga oshirishlari mumkin? |
| Матн | Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat; taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat; shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat; elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno; Asos: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida O'zbekiston Respublikasi 445-sonli Qonun Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-07 |
| Кўриш | 672 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |