Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2922 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/xQZ7bxalx0 |
| Сарлавҳа | Yer uchastkasi olib qo'yilganda fuqaroga bir martalik to'lov beriladimi? |
| Матн | Ha, beriladi. Bundan tashqari, yer uchastkalari jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda fuqaro bilan kelishuvga erishilib, quyidagilar kompensatsiya qilinadi: olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati; olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno); olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati; ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar; yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi); huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari. Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-07 |
| Кўриш | 814 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |