Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi qanday?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3109
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/MAxbiJAd59
СарлавҳаDavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasi qanday?
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi:

til bo‘yicha o‘qituvchi — 18 soat;

o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog — 24 soat;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;

tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat;

jismoniy tarbiya yo‘riqchisi — 30 soat;

musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-06-26
Кўриш844
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive